Hurmatli O‘zbekiston tadbirkorlari! Mazkur so‘rovnoma korxona
rahbarlarining mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhitining bugungi ahvoli,
xususiy tadbirkorlik yo‘lidagi asosiy to‘siqlar haqidagi fikrlarini o‘rganish
va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilashga qaratilgan. So‘rovnomada bir kompaniyaning bittadan ortiq bo‘lmagan vakili ishtirok etishi mumkin. Javoblaringizning to‘liq anonimligini kafolatlaymiz. To‘plangan barcha
ma’lumotlar faqat jamlangan shaklda ishlatiladi va maxfiylikni ta’minlash
maqsadida biror-bir aniq kompaniya bilan bog‘liqlik ko’rsatilmaydi.
So‘rov jarayonida xatolar va manipulyatsiyalarning oldini olish uchun sizdan oson identifikatsiyalash jarayonini o‘tkazishingizni so‘raymiz.